Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka nomzod sifatida saylovchilar bilan ilk uchrashuvini Nukusda o‘tkazdi. U har kunini xalqqa xizmat qilishga bag‘ishlashga va’da berdi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Qoraqalpog‘istonning farzandi ekanini yana bir bor ta’kidladi. “Shunga munosib bo‘lish uchun harakat qilaman”, — dedi u.
O‘zLiDeP Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida tasdiqladi. Saylovoldi dasturida sanoat sohasidagi “megaloyihalar”, Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish, avtomobil ishlab chiqarishni 1 mln dan ortiq donaga yetkazish va boshqalar haqida gapirdi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘z rahbari Abdushukur Xamzayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. U bu lavozimda dekabr oyidan buyon faoliyat yuritadi.
«Milliy tiklanish» partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovchilar bilan muloqotda migrantlardan ham soliq undirish taklifini bildirdi. «Kelinglar endi yana ham vatanparvarroq bo‘laylik, migrantlar ham o‘zining solig‘ini mamlakat taraqqiyoti uchun to‘lasin», — dedi u.
Nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini tekshirish tartibi qanday va kimlar tomonidan amalga oshiriladi? Imzo varaqalari qanday holatlarda haqiqiy emas deb topiladi? «Gazeta.uz» muxbirining shu va boshqa savollariga MSK kotibi Xudoyor Mamatov javob berdi.
O‘zLiDePning navbatdagi s’ezdida partiyadan prezidentlikka nomzod sifatida Shavkat Mirziyoyev tasdiqlandi. Nomzod oldingi prezident saylovida ilgari surilgan dasturdagi vazifalar ijrosiga to‘xtalib, o‘zining 2021 yil saylovoldi dasturi haqida ma’lumot berdi.
«Adolat» partiyasi prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovni saylovoldi g‘oyalarni ko‘chirganlikda aybladi. Milliy tiklanish partiyasi yetakchisi sudlarni birlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazish hamda Tergov qo‘mitasini tuzish g‘oyalarini o‘g‘irlagani iddao qilinmoqda. Milliy tiklanish esa bunga munosabat bildirib, «Adolat» partiyasining siyosiy saviyasiga shubha bilan qaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting